
Bugungi kunda qandli diabet dunyo bo‘yicha millionlab odamlarning hayotiga ta’sir qilayotgan surunkali kasalliklardan biridir. Ko‘pchilik bemorlarni bir savol qiynaydi: qandli diabetdan butkul tuzalish mumkinmi yoki yo‘q? Internetda “diabetni 1 oyda yo‘qotamiz”, “giyohlar bilan qandni butunlay tushiramiz” degan reklamalar juda ko‘p. Ammo bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?
Bu savolga “Ibrat Med” klinikasining bosh endokrinologi, bir necha yillik va xalqaro tajribaga ega shifokor bilan tibbiy va ilmiy asosda javob beramiz.
Qandli diabet nima?
Qandli diabet — bu qondagi glyukoza (qand) miqdorining me’yordan oshib ketishi bilan kechadigan holat. Sog‘lom odamda och qoringa olingan qon tahlilida qand miqdori odatda 5.5–6.0 mmol/l dan oshmasligi kerak. Ovqatdan keyin 2 soat o‘tgach esa bu ko‘rsatkich 7.8 mmol/l gacha normal hisoblanadi.
Agar qand miqdori doimiy ravishda yuqori bo‘lib tursa, demak organizmda glyukoza almashinuvi buzilgan va bu qandli diabet yoki diabet oldi holatini ko‘rsatadi.
Qandli Diabet turlari va tuzalish imkoniyati
Qandli diabetdan butkul tuzalish mumkinmi degan savolga javob berishdan oldin, eng muhim narsa — diabetning qaysi turi ekanini aniqlashdir.
1. Gistatsion qandli diabet (homiladorlik diabeti)
Bu tur homiladorlik vaqtida paydo bo‘ladi. Qon tarkibidagi qand miqdori odatda 5.3–7.0 mmol/l oralig‘ida bo‘ladi. Bunday holatda asosiy davolash — qat’iy parhez. Agar parhez yetarli bo‘lmasa, vaqtinchalik insulin buyuriladi.
Muhim jihati shundaki, gistatsion diabet tug‘ruqdan keyin ko‘p hollarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ya’ni bu turda to‘liq sog‘ayish mumkin. Ammo ortiqcha vazn bo‘lsa, kelajakda 2-tur diabet rivojlanish xavfi saqlanib qoladi.
2. MODY turi (yoshlar diabeti)
Bu turda oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi, lekin miqdori yetarli bo‘lmaydi. MODY turida bemorlar ko‘pincha insulinsiz, ya’ni:
-
- to‘g‘ri ovqatlanish,
-
- jismoniy faollik,
-
- qand tushiruvchi tabletkalar
yordamida qand miqdorini nazorat qilishi mumkin. Bu turda remissiya, ya’ni vaqtinchalik sog‘ayish holati kuzatiladi. Ba’zi bemorlar uzoq vaqt dori ichmasdan, qandni normada ushlab turadi.
3. LADA va 1-tur diabet
Bu turlar ko‘pincha yoshlarda uchraydi. Sababi — immun tizimi insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yo‘q qiladi. Natijada organizm umuman insulin ishlab chiqara olmaydi.
Bu holatda qandli diabetdan butkul tuzalish hozircha mumkin emas. Bemor umrbod insulin qabul qiladi. Hech qanday giyoh, parhez yoki operatsiya insulinning o‘rnini bosa olmaydi.
4. 2-tur qandli diabet
Eng ko‘p uchraydigan diabet turi. Asosan:
-
- ortiqcha vazn,
-
- kamharakatlik,
-
- insulin rezistentligi
bilan bog‘liq. Agar bemor vazn tashlasa, sport bilan shug‘ullansa va parhezga amal qilsa, 2-tur diabetda remissiyaga erishish mumkin. Ya’ni qand miqdori uzoq vaqt normada saqlanishi mumkin.
Qandli diabetda operatsiya va yolg‘on va’dalar
Internetda “oshqozon osti bezini operatsiya qilib diabetni yo‘q qilamiz” degan reklamalarga ehtiyot bo‘lish kerak. Shifokorlar ta’kidlashicha, oshqozon osti bezi juda nozik a’zo bo‘lib, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar uning atigi 1–3 foizini tashkil qiladi.
Bariatrik operatsiyalar (oshqozonni kichraytirish) faqat vazn kamaytirishga yordam beradi va bu 2-tur diabetda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo bu diabetni to‘liq davolash degani emas.
Xulosa
Qandli diabetni davolash — bu shifokor va bemorning birgalikdagi mehnati. Diabetning ayrim turlarida to‘liq sog‘ayish, ayrimlarida esa uzoq muddatli remissiyaga erishish mumkin. Ammo bu faqat to‘g‘ri tashxis, ilmiy asoslangan davolash va bemorning intizomiga bog‘liq.
Agar sizda qon qandi yuqoriligi, chanqoqlik, tez charchash yoki vazn o‘zgarishi bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan dori yoki giyoh ichmang. Mutaxassis endokrinologga murojaat qiling.
Agar sizda qandli diabet, qon qandining ko‘tarilishi yoki doimiy holsizlik kabi alomatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, vaqtni boy bermang. Har bir diabet turi individual yondashuvni talab qiladi va to‘g‘ri davolash faqat aniq tashxis asosida belgilanadi.
📍 IBRAT MED klinikasida tajribali endokrinolog maslahati orqali:
-
- diabet turini aniqlash,
-
- qand miqdorini to‘g‘ri nazorat qilish,
-
- individual davolash rejasini tuzish mumkin.
📞 Qabulga yozilish uchun: +998 78 555 82 82
Qandli diabetni nazorat ostiga olish — bugundan boshlanadi.
Ishonchli manbalar
-
World Health Organization (WHO) — qandli diabet bo‘yicha global tavsiyalar, statistika va ilmiy ma’lumotlar:
👉 https://www.who.int/health-topics/diabetes -
American Diabetes Association (ADA) — qandli diabetni tashxislash, davolash va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlar:
👉 https://diabetes.org







