Assalomu alaykum. Men Go‘zal Axrarovna, 10 yildan ortiq tajribaga ega ginekologman. Bugun ayollar va qizlarda juda ko‘p uchraydigan, lekin ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan muammo — qinda achishish va qichishish haqida gaplashamiz.
Ko‘p bemorlar “bugun o‘tib ketar”, “ertaga boraman” deb yuraveradi. Lekin amaliyotimda ko‘ryapmizki, aksariyat hollarda qinda achishish sababi birdan boshlanadi: bemordan “qachon boshlandi?” deb so‘rasangiz, “bugun” yoki “kecha” deb javob beradi. Chunki bu holat chidaydigan darajada bo‘lmaydi
Qinda achishish va qichishish nimadan paydo bo‘ladi?
Eng asosiy sabab — organizm immunitetining pasayishi natijasida qindagi mikroflora buzilishi. Normal holatda qin ichida foydali bakteriyalar muvozanatda bo‘ladi. Agar shu muvozanat buzilsa, ya’ni disbalans yuzaga kelsa, qinda achishish va qichishish paydo bo‘ladi.
Qinda achishishi sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
turli xil bakterial infeksiyalar
-
ichak bakteriyalari (masalan, E.coli)
-
klebsiella va boshqa mikroorganizmlar
-
jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar: xlamidiya, ureaplazma
-
qin ajralmalarining o‘zgarishi va yoqimsiz hid
Bu omillarning barchasi qinda achishish sabablari bo‘lib, ular qin mikroflorasini o‘zgartirib yuboradi.
Qinda achishish va qichishish qaysi kasalliklarda uchraydi?
Amaliyotda biz ko‘p uchratadigan holatlardan biri — zamburug‘li infeksiyalar (kandidoz). Ko‘plab ayollar va qizlarda bu kasallik qinda achishish va qichishish bilan namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari:
-
qandli diabet bo‘lgan ayollarda
-
gormonal o‘zgarishlarda
-
uzoq vaqt stress va jismoniy zo‘riqishlarda
ham qinda achishish kuzatilishi mumkin.
Allergiya va noto‘g‘ri gigiyena ham sabab bo‘lishi mumkin
Ba’zi holatlarda qinda achishish sababi allergik reaksiya bo‘ladi. Masalan:
-
prokladkalarni noto‘g‘ri yoki uzoq vaqt ishlatish
-
agressiv sovunlar, gellar
-
noto‘g‘ri gigiyena odatlari
Shuningdek, ayollarimiz noto‘g‘ri tahorat qilishlari (orqadan oldinga qarab) ham infeksiyaning qinga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qiz bolalarda qinda achishish va qichishish
6 yoshgacha bo‘lgan qizchalarda ham qinda achishish va qichishish uchrashi mumkin. Ular buni aytib bera olmaydi, lekin:
-
tez-tez injiqlanishi
-
siyayotganda yig‘lashi
-
yurish-turishidagi o‘zgarishlar
orqali bu muammoni sezish mumkin. Bunday yoshda ko‘pincha gigiyena bilan bog‘liq yengil infeksiyalar sabab bo‘ladi.
Qinda achishish bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Agar siz qinda achishish va qichishish qayta-qayta bo‘lishini xohlamasangiz:
-
to‘g‘ri gigiyenaga rioya qiling
-
tahoratni oldindan orqaga qarab bajaring
-
ichki kiyimni har kuni almashtiring
-
ichki kiyimni dazmollab kiyishni odat qiling
-
tor va sintetik ichki kiyimlardan saqlaning
-
oyoq-qo‘llarni sovitib yubormang
Eng muhimi — o‘z holingizcha dori ichmang.
Qachon albatta shifokorga murojaat qilish kerak?
Agar:
-
qinda achishish 1–2 kundan ortiq davom etsa
-
qichishish kuchayib borayotgan bo‘lsa
-
yoqimsiz hidli ajralmalar bo‘lsa
-
og‘riq yoki achishish kundalik hayotga halal bersa
albatta ginekolog ko‘rigiga murojaat qiling. Chunki to‘g‘ri tashxis qo‘yilmasdan davolash muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.
Shifokor maslahatiga yoziling
Agar sizda ham qinda achishish va qichishish bezovta qilayotgan bo‘lsa, o‘z holingizcha davo qilishni kechiktirmang. Muammoning aniq sababini faqat ginekolog ko‘rigi va tahlillar orqali aniqlash mumkin.
Vaqtida murojaat qilish — asoratlarning oldini oladi va davolanishni ancha osonlashtiradi.
Ginekolog ko‘rigiga yoziling, savollaringizga aniq va professional javob oling.
IBRAT MED klinikasida qabul qulay va maxfiy tarzda olib boriladi.
Qo‘ng‘iroq qiling yoki onlayn yoziling — sog‘lig‘ingizni keyinga qoldirmang.
📞 Maslahat va qabulga yozilish uchun hozir bog‘laning:
+998 78 555 82 82
Xulosa
Qinda achishish va qichishish — oddiy holat emas. Bu organizm sizga berayotgan signal. Vaqtida sababini aniqlab, to‘g‘ri davolash bilan muammoni tez va asoratsiz bartaraf etish mumkin.
Agar sizga shunday mavzular qiziq bo‘lsa va ayollar salomatligiga oid foydali maslahatlarni o‘tkazib yubormoqchi bo‘lmasangiz, sahifamizga obuna bo‘lib qo‘ying.








