
Epilepsiya kasalligi (xalq orasida tutqanoq kasalligi deb ataladi) ko‘pchilikka tanish bo‘lsa-da, uning asl mohiyati va davolash imkoniyatlari ko‘p hollarda noto‘g‘ri tushuniladi. Jahon statistikasiga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50–60 millionga yaqin inson epilepsiya kasalligi bilan yashaydi. Bu juda katta ko‘rsatkich bo‘lib, kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.
Epilepsiya kasalligi qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?
Epilepsiya kasalligi belgilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan belgilar quyidagilar:
-
- o‘z-o‘zidan sababsiz xushdan ketish
-
- og‘izdan ko‘pik kelishi
-
- siyib qo‘yish holatlari
-
- tananing kuchli titrashi va mushaklarning tortishishi
Bu holatlar ko‘pincha tonik-klonik tutqanoq xurujlari bilan kechadi.
Shuningdek, kamroq seziladigan, lekin muhim belgilar ham bor:
-
- absans epilepsiya — 5–10 soniyaga qotib qolish, bir nuqtaga tikilib qolish
-
- fokal tutqanoq — qo‘l yoki oyoqning faqat bir tomonda tortishishi
-
- vegetativ belgilar — o‘z-o‘zidan qizarib ketish, yurak tez urishi, ko‘p terlash
-
- mioklonik tutqanoq — yiqilmasdan, faqat ayrim mushaklarning qisqarishi
Bu belgilar tutqanoq kasalligi haqida jiddiy signal bo‘lishi mumkin.
Bolalarda tutqanoq kasalligi qanday kechadi?
Bolalarda tutqanoq kasalligi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Bola bir zumga qotib qolishi, darsda “xayol surib o‘tirgandek” ko‘rinishi yoki sababsiz yiqilib tushishi mumkin. Ayrim holatlarda bu homiladorlik davrida yoki tug‘ruq jarayonida yuzaga kelgan gipoksik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tutqanoq kasalligi sabablari nimalar?
Fan epilepsiya kasalligini keltirib chiqaruvchi bir nechta asosiy sabablarni aniqlagan:
-
- genetik moyillik (ota-onada yoki yaqin qarindoshlarda bo‘lishi)
- bosh miya jarohatlari
- infeksion kasalliklar
- homila davridagi yoki tug‘ruqdan keyingi gipoksiya
- bosh miyada kista yoki o‘sma
- qandli diabet
Aynan shu omillar tutqanoq kasalligi sabablari sifatida eng ko‘p uchraydi.
Tutqanoq kasalligi davolash mumkinmi?
Ko‘pchilikni qiynaydigan savol: tutqanoq kasalligi davolash mumkinmi?
Javob aniq: ha, mumkin.
Epilepsiya davolab bo‘lmaydigan kasalliklar qatoriga kirmaydi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, davolashning asosiy bosqichi — dori-darmonlar yordamida xurjni qo‘zg‘atuvchi o‘choqni bloklash.
Asosiy davolash usullari:
-
- natriy kanali blokatorlari (karbamazepin, finlepsin va boshqalar)
- tutqanoqni qo‘zg‘atuvchi mediatorlarni pasaytiruvchi dori guruhlari
- ketogen dieta (shirinlik, shakar, gazli ichimliklarni cheklash)
- dori ta’sir qilmagan holatlarda vagus nervi stimulyatsiyasi
- ayrim holatlarda jarrohlik yo‘li bilan davolash
Barcha dorilar faqat nevrolog nazorati ostida qabul qilinishi shart.
Hayot tarzi va epilepsiya (Tutqanoq)
Epilepsiya kasalligini davolashda faqat dori emas, balki:
-
- uyqu rejimi
- stressni kamaytirish
- jismoniy faollik
- to‘g‘ri ovqatlanish
ham juda katta ahamiyatga ega.
Ko‘pincha aynan shu omillar e’tibordan chetda qoladi, ammo ular tutqanoq xurujlarini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Agar sizda yoki yaqinlaringizda epilepsiya kasalligi, tutqanoq kasalligi, sababsiz xushdan ketish, tanada titroq, og‘izdan ko‘pik kelishi yoki qisqa muddat “qotib qolish” holatlari kuzatilsa — vaqtni cho‘zmang. Tutqanoq kasalligi davolashda eng muhim narsa: erta tashxis va nevrolog nazorati.
IBRAT MED klinikasida nevrolog shifokor sizni qabul qiladi:
👨⚕️ Sattorov Husniddin Amirkulovich — shifokor-nevropatolog (7+ yil tajriba)
📍 Manzil: Yangi hayot, Sergeli tumani, 1-kvartal, 37-uy
📞 Telefon: +998 78 555 82 82
Xulosa
Epilepsiya kasalligi — umidsiz tashxis emas. Agar kasallik erta aniqlansa va to‘g‘ri davolash yo‘li tanlansa, bemor oddiy va sifatli hayotga qaytishi mumkin. Eng muhimi — xurujlarni e’tiborsiz qoldirmaslik va vaqtida nevrolog shifokoriga murojaat qilish.
Agar sizda yoki yaqinlaringizda tutqanoq kasalligi belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, kechiktirmang — professional yordam muhim.
Ishonchli manbalar:
-
World Health Organization (WHO) — Epilepsiya haqida rasmiy ma’lumotlar
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/epilepsy -
International League Against Epilepsy (ILAE) — Epilepsiya tashxisi va davolash bo‘yicha xalqaro standartlar
https://www.ilae.org/about-epilepsy







